Elektrik Kampanya

Aboneliğini (ev) Cerean’a taşıyan HOPİ’LİLERE, her ay PARACIK hediye!

  • 250 TL – 499 TL arasındaki faturalarda her ay 25 Paracık Hediye!
  • 500 TL ve üzeri faturalarda her ay 50 Paracık Hediye!
  • 250 TL altındaki faturalarda ise birikim hesabı ile 50’e varan Paracık hediye!

Detaylı bilgi için bilgilerinizi bırakın, sizi arayalım.

www.cerean.com.tr

Elektrik Dağıtım Şirketi

Türkiye’deki en büyük elektrik dağıtım şirketlerinden biri olan Cerean ile indirimli elektrik faturaları.

Turkiyadagi eng chiroyli 10 tarixiy yer

10. PAMUKKALE.

Turkiyaning Denizli shahrida joylashgan  Pamukkale,   Hierapolis Antik Kenti bilan birga “UNESCO” dunyo merosi ro’yxatidan joy olgan.

Turkiyaning eng mashxur tabiiy go’zalliklaridan biri bo’lgan PAMUKKALE buloq suvlari,ohakdan tashkil topgan bir tepalikda joylashgan bo’lib 20 km uzoqlikdan ko’rinadigan yarim aylana zina  (traverten) lari va shifobaxsh yerosti suvlari bilan juda mashxurdir.

9.Divrig’i  Ulu  Cami  va Darushshifosi.

UNESCOning dunyo merosi ro’yxatiga Turkiyadan ilk qabul qilingan me’moriy yodgorlik.Divrig’i Ulu Cami va Darushshifosi 1229 – yilda Mengucekli Beyi Ahmed shox tomonidan barpo etilgan.Turkiyaning hozirgi Sivas viloyatida joylashgan.

8. KSANTHOS va LETOON Antik Kentlari.

Fethiya yaqinlarida topilgan Ksanthos  Antik  zamonida  “Likya”ning poytaxti deya bilinmoqda. M.a. 8 – yillarga tegishli topilmalarda shaharni, davrning muhim bir madaniy va siyosiy markaz bo’lganini ko’rish mumkin.

7. HATTUSAS.

Corumning Bog’azkale tumanidan topilgan Hattusas ” Hitit ” davlatining poytaxti bo’lgan. 1986-yildan buyon UNESCO himoyasidagi shahar, Anadolu madaniyatlariga guvohlik qilgan muhim bir markaz o’rnidadir.

M.a. 3000 -yillarga oid HATTUSASda bugungacha 5 ta madaniyat davri yashangan.

Qazilma ishlarida buyuk Hitit arxivi ham topilgan.

6. SUMELA Manastiri.

Trabzonning Macka tumanida joylashgan  Sumela Manastiri qadimgi bir Rim Ortodoks manastir va cherkovlar dan tashkil topgan.Anadoluda ko’p to’qnash kelingan ” Kapadokya ” cherkovlari shaklida dengiz sathidan 1150 metr balandlikda barpo etilgan inshoot hayratlanarli darajada go’zaldir.

Devorlaridan topilgan naqsh va shakillar inson diqqatini tortmasdan qolmaydi.

Hozirda Manastir Madaniyat va Turizm vazirligining himoyasida bir muzey holida ochiqdir.

5. EFES Antik Kenti.

Iyonya ning 12 shahridan biri bo’lgan Efes Antik Kenti  Izmir ning Selcuk tumani chegaralarida joylashgan.Davrining eng rivojlangan iqtisodi va me’moriy binolariga ega bo’lgan Efes m.a. 6000 – yillarga oiddir.

Efes Antik Kenti 1994 – yilda UNESCO dunyo merosi vaqtinchalik ro’yxatiga kiritildi.

4. NEMRUT tog’i. 

Adiyaman chegaralarida joylashgan ” Nemrut tog’i ” Kommagene qroli Antiochos ga oid ” Tumulus ” va muqaddas joylar bilan birga milliy bog’ni o’z ichiga oladi.

1987 – yildan buyon UNESCO himoyasidadir.Bu yerga ziyoratchilar kun chiqishi va kun botishida juda ko’p kelishadi.

M.a 62 – yillarda qrol Antiochos Theos Nemrut tog’i tepasiga juda ko’p Yunon va Fors hudolarining haykalini va o’zining qabri ibodatxonasini ham qurdirgan.

3. SAFRANBOLU.

Beypazari, Goynuk odunpazari  kabi tarixiy Osmanli arxitekturasini aks ettirgan uylari bilan tanilgan Safranbolu  Karabukning bir tumanidir.Uylari bilan UNESCO himoyasiga kirgan tuman ismi          ” safran ” o’simlikidan olingan.

Muzey shahar unvonidagi Safranbolu yaqin 3000 yillik tarixi bilan mintaqaning eng muhim madaniy markazlaridan biridir.

2. ISTANBUL.

Istanbul tarixiy yarimoroli  ikki qit’ani birlashtirgan butun dunyoni hayratga solgan. Istanbul 1985 – yildan buyon,tarixiy joylari tufayli UNESCO ga kiritilgan.

Bu tarixiy joylardan eng mashxurlari: Yerebatan, Sarnici, Ayasofya, Sultan Ahmet masjidi, Topkapi saroyi va Dikilitashdir.

1. KAPADOKYA.

Ipak yo’lining muhim chorraxalaridan biri bo’lgan Kapadokya   Turkiyaning ko’rish kerak bo’lgan joylarning eng boshida keladi. Bu yerda lyuks mehmonxonalar, qoyalarga o’yilgan g’or shaklidagi uylar va pansiyonatlar joylashgan.

2017-yilda Turkiya

2017-yilda Turkiyada aholi soni quyidagicha.

Nikoh: 603 976 ta

Ajrashishlar: 136 808 ta

O’lim: 447 342 ta

Tug’ilish: 1 300 000 ta

2017-yilda Turkiya aholisi

82 000 000  kishini tashkil qilmoqda.

 

Turkiyaning chegaralari

Turkiya 8 ta davlat bilan chegaradosh.Bular:

  1. Gretsiya 
  2. Bolgarya
  3. Gruzya
  4. Armaniston
  5. Nahcivan ( Ozarbayjon )
  6. Eron
  7. Iroq
  8. Suriya

Chegaralarining uzunligi bo’yicha Turkiya dunyodagi yetakchi mamlakatlardandir.

Chegaralarining umumiy uzunligi  11.086 km. Buning  8333 km ni     ( 75.7% ) ni dengiz  chegaralari va  2753 km ni esa  ( 24.3 % ) quruqlik chegaralari tashkil qiladi.

Osiyo va Yevropani bir-briga bog’lagan Turkiya Osiyoda  Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon,  Eron, Iroq, Suriya bilan Yevropada  Gretsiya va Bolgarya bilan chegaradosh.

Quruqlik  chegaralarining uzunligi quyidagicha.

  • Suriya –  877 km
  • Eron –  454 km
  • Iroq –  331 km
  • Armaniston  – 316 km
  • Gruzya – 276 km
  • Bolgarya – 269 km
  • Gretsiya – 212 km
  • Nahcivan  ( Ozarbayjon ) – 18 km

 

Turkiyaning iqlimi

Turkiya janubiy yarimsharda joylashgan bo’lib, mo’tadil  iqlimga ega va 4 fasli bor.Lekin dengiz va tog’larning ta’siri tufayli iqlimi hamma joyida bir xil emas. Bu sabadan Turkiyaning iqlimi 3 turga bo’linadi. Bular :

  1. Karadeniz  ( Qoradengiz ) iqlimi
  2. Akdeniz  (O’rtayer dengizi ) iqlimi
  3. Karasal  ( Yerusti ) iqlimi
  • iqlimi:

Hamma fasli yomg’irli mo’tadil iqlimdir. Yozi salqin, qishi iliq bo’ladi. Sharqiy Karadeniz qismi o’lkaning eng seryomg’ir qismidir. Maksimum yomg’irlar kuzda, minimum yomg’irlar esa bahorda yog’adi. Yillik yomg’ir miqdori  1000-1500 mm dir. Qor-yomg’irli kunlar 1 yilda o’rtacha 18 kunni  tashkil  qiladi. Turkiya  o’rmonlarining katta qismi bu mintaqaga tegishlidir.

Yillik o’rtacha issiqlik  13-15° dir.

Yanvar oyi o’rtacha issiqlik  6-7° dir.

Iyul oyi o’rtacha issiqlik  21-23° dir.

  • Akdeniz iqlimi :

Yozlari issiq va quruq, qishi iliq va seryomg’irdir.Eng ko’p yomg’ir yog’adigan fasli qish faslidir. Bu iqlimni Marmara, Ege sohillari va Akdeniz mintaqalarida ko’rish mumkin. Yillik o’rtacha yomg’ir miqdori  600-1000 mm orasida o’zgarib turadi.

Yillik issiqlik o’rtacha  18-20° dir.

Yanvar oyi o’rtacha issiqlik  8-10° dır.

İyul oyi o’rtacha issiqlik  15-18° dır.

  • Karasal iqlim :

Mamlakatning sharqiy qismi.Yozi issiq va quruq, qishi iliq bo’ladi. Eng ko’p yomg’ir bahor oylarida  yog’adi.Ich Anadolu  kam yomg’irli, qishi sovuq va yozi issiq bo’ladi.Bu hududlarda bahor juda chiroyli bo’ladi. Yillik o’rtacha yomg’ir miqdori  300-600 mm dir.

Yillik issiqlik darajasi o’rtacha  10-12° dir.

Yozda o’rtacha   22-23° dir.

Qish da o’rtacha  1-2° dir.

Sharqiy Anadoluda qishlar juda qattiq sovuq va uzun bo’ladi. Erzurum  var  Kars  hududlari bunga misol bo’la oladi.Bu yerlarda  qish 7-8 oy davom etadi.Qishda bu yerlarda  havo harorati  -45-47° gacha tushib ketadi.

Janubiy-Sharqiy Anadolu mintaqasida esa yoz juda issiq bo’ladi.Yomg’ir juda kam yog’adi. Urfa, Mardin, Diyarbakır havo harorati yozda   45° gacha ko’tariladi.

Turkiyaning  issiqlik  darajalari.

Eng issiq mintaqalar:

Yozda – Janubiy-Sharqiy Anadolu

Qishda – Akdeniz

Eng sovuq mintaqalar:

Shimoliy-Sharqiy Anadolu

 

 

Turkiyaning geografik mintaqalari

Turkiya juda keng bir o’lkadir.Tabiy tuzilishi,iqlimi hamma joyida bir xil emas.Bu sababdan Turkiya ta geografik mintaqaga bo’lingan.Bu 7 ta mintaqa bilan tanishing.

  1. Kaaradeniz mintaqasi
  2. Marmara mintaqasi
  3. Ege mintaqasi
  4. Akdeniz mintaqasi
  5. Ich Anadolu mintaqasi
  6. Sharqiy Anadolu mintaqasi
  7. Janubiy-sharqiy Anadolu mintaqasi

Mintaqalar haqida qisqacha ma’lumotlar.

AKDENIZ  mintaqasi

Turkiyaning janubida “O’rtayer” dengizi bo’yicha yoyilgan bo’lib, shimolda Konya havzasi, sharqda Uzunyayla, g’arbda esa Ko’yceg’iz bilan chegaradoshdir.

Zavodlari:

Sement, sigaret, shakar, ipak, to’qima, temir-po’lat, un va oziq-ovqat fabrikalari bilan birga, neftni qayta ishlash zavodlari mavjud.

Ekin mahsulotlari:

Bug’doy, arpa, suli, guruch, paxta, kunjut, yeryong’oq, tamaki, tropik mevalar, sabzavot va mevalar yetishtiriladi.

Daryolari:

Seyhan, Ceyhan, Go’ksu, Dalaman va Manavgat choyi mintaqaning muhim oqarsuvlaridir.

Ko’llari:

Beyshehir, Burdur, Eg’ridir, Sug’la.

Tog’lari:

Toroslar da Akdag’, Bozdag’, Nurhak va Amanos tog’lari eng muhim tog’laridir.

Tekisliklari:

Chuqurova va Amik tekisliklari.

Portlari:

Iskenderun, Mersin , Antalya va Fethiye.

Shaharlari:

Adana, Antalya, Antakya, Burdur, Isparta, Kahramanmarash va Mersin.

Turizm:

Antalaya va Antakya atrofidagi eski obidalar, shaharlari va plyajari turizm jihatdan muhim yerlardir.Mahalliy va xorijiy sayyohlar bu yerlarga har yili. yilning har oyida tashrif buyurishadi.

MARMARA mintaqasi.

Turkiyaning shimoliy-g’arbida joylashgan.Turkiyaning aholi soni eng ko’p mintaqasidir.Shu bilan birga iqtisodi eng rivojlangan mintaqadir.

Zavodlari:

Sement, mato, teri, to’qima, ip, konserva, shakar, ichimlik, elektr jihozlari, oyna, neftni qayta ishlash zavodlari, dori-darmon va gugurt.

Ekin mahsulotlari:

Bug’doy, arpa, suli, guruch, lavlagi, tamaki, zaytun,uzum,anjir, sabzavot va mevalar va kungaboqar.

Daryolari:

Merich, Ergene, Go’nen, Susurluk.

Ko’llari:

Sapanca, Iznik, Manyas, Ulubat, Chekmece, Terkos.

Tog’lari:

Istranca, Samanli, Kozdag’, Alemdag’, Uludag’.

Tekisliklari:

Sakarya va Bursa.

Portlari:

Istanbul, Izmit, Bandirma.

Shaharlari:

Bursa, Balikesir, Chanakkale, Edirne, Istanabul, Kirklareli, Kocaeli( Izmit ), Sakarya, ( Adapazari ), Tekirdag’.

Turizm:

Istanbul, Edirne, Izmit, Bursa shaharlaridagi tarixiy yodgorliklar butun dunyoni o’ziga jalb qilmoqda.

EGE mintaqasi.

Turkiyaning g’arbida joylashgan.Ege mintaqasi  shimolda Edremit ko’rfazi qirg’oqlaridan, janubda Ko’yceg’iz gacha yoyilgan.

Zavodlari:

Sement, g’isht, kafel, sovun, yog’, bo’yoq, un, konserva, sigaret, to’qima, pivo, shakar, neftni qayta ishlash zavodlari va turli xil oziq-ovqat zavodlari bor.

Ekin mahsulotlari:

Bug’doy, arpa kabi boshoqli o’simliklar, tamaki, paxta, sabzavot va meva mahsulotlari.

Chorvachilik mintaqada keng tarqalgan.

Daryolari:

Gediz, Katta Menderes, Kichik Menderes muhim oqarsuvlardir.

Ko’llar:

Bafa va Marmara.

Portlari:

Izmir, Bodrum, Marmaris.

Tog’lari:

Babadag’, Aydin va Demirci.

Tekisliklari:

Aydin, Manisa va Akhisar.

Shaharlari:

Aydin, Afyonkarahisar, Denizli, Izmir, Kitahya, Manisa, Mug’la, Ushak.

ICH ANADOLU mintaqasi.

Turkiyaning o’rtasida joylashgan bo’lib, shimolda Karadeniz, janubda Akdeniz, g’arbda Ege, sharqda esa Sharqiy Anadolu mintaqasi bilan qurshalgan.Turkiyaning ikkinchi eng katta mintaqasidir.

Zavodlari:

Sement, un, g’isht, sharob, yog’, neftni qayta ishlash zavodlari, to’qima, shakar va boshqalar.

Ekin mahsulotlari:

Bug’doy, arpa, suli, guruch, qandlavlagi, kartoshka, turli xil sabzavot va mevalar.

Chorvachilik keng rivojlangan.

Daryolari:

Kizilirmak, Sakarya,Porsuk.

Ko’llari.

Tuz ko’li, Akshehir ba Eber.

Tog’lari:

Erciyes, Elmadag’, Akdag’, Tecer va Hasan.

Tekisliklari:

Eskishehir va Konya.

Shaharlari:

Anqara ( poytaxt ), Aksaray, Chankiri, Eskishehir, Karaman, Kayseri, Kirikkale, Kirshehir, Konya, Nevshehir, Nig’de, Sivas, Yozgat.

KARADENIZ mintaqasi.

Turkiyaning shimolida joylashgan bo’lib,Qoradengiz bo’ylab yoyilgan.Mintaqaning katta qismini o’rmonlar tashkil qiladi.

Tog’lari:

Canik, Isfendiyar, Ko’ro’g’lu, Degaz, Bolu va Dog’u Karadeniz tog’lari.

Daryolari:

Kizilirmak, Yeshilirmak, Sakarya, Filyos va Choruh.

Iqlimi:

Mintaqada Karadeniz iqlimi hukmronlik qiladi.Qishi sovuq, yozi salqin bo’ladi.Yilning hamma oyi yomg’irlidir.

Ekin mahsulotlari:

Yeryong’oq va choy mintaqaning eng muhim ekinlaridir.

Shaharlari:

Zonguldak, Sinop, Bartin, Ordu, Giresun, Trabzon, Rize, Bolu, Kastamonu, Chorum, Amasya, Gumushhane, Tokat, Artvin, Bayburt.

 

SHARQIY ANADOLU mintaqasi.

Turkiyaning eng katta mintaqasidir.Shimoliy-sharqda Gruzya,Armaniston, Ozarbayjon,janubiy-sharqda Eron va Iroq bilan chegaradosh.

Zavodlari:

Sement, shakar, yog’, pishloq, sharob, sigaret, to’qima va ip.

Ekin mahsulotlari:

Boshoqli o’simliklar, kartoshka, guruch, qandlavlagi, tamaki, meva va boshqalar.

Chorvachilik mintaqaning ozuqa manbayidir.

Daryolari:

Dicle, Firat, Aras, Murat, Karasu.

Ko’llari:

Van va Childir.

Tog’lari:

Ag’ri, Nemrut, Suphan.

Ag’ri tog’i ham Turkiyaning ham Yevropaning eng baland tog’idir.Balandligi  5165  metrni tashkil qiladi.

Tekisliklari:

Malatya va Mush.

Shaharlari:

Ag’ri, Bitlis, Bingo’l, Elazig’, Erzurum, Erzincan, Hakkari, Kars, Malatya, Mush, Tunceli, Van.

JANUBIY-SHARQIY ANADOLU mintaqasi.

Turkiyaning eng kichik mintaqasidir.Mintaqaning janubida Iroq va Suriya joylashgan bo’lsa,garbida Akdeniz mintaqasi joylashgan.

Zavodlari:

Sement, yog’, sovun, ip, to’qima, ichimlik va oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi zavodlar bor.

Ekin mahsulotlari:

Bug’doy, yasmiq, nohat, zaytun, antep yeryong’og’i va boshqalar.

Daryolari:

Dicle, Firat.

Tog’lari:

Toroslar va Karacadag’.

Tekisliklari:

Harran va Antep.

Shaharlari:

Adiyaman, Diyarbakir, Gaziantep, Mardin, Siirt, Shanliurfa, Batman, Shirnak.

Mintaqalarning yer maydonlari.

  1. Sharqiy Anadolu (171.000 km/kv)
  2. Ich Anadolu (162.000 km/kv)
  3. Karadeniz (146.000 km/kv)
  4. Akdeniz (122.000km/kv)
  5. Ege (85.000km/kv)
  6. Marmara 67.000km/km)
  7. Janubiy-sharqiy Anadolu (57.000km/kv)

 

Turkiyaning shaharlari

Turkiyada jami 81 viloyat va 957 ta tuman mavjud.Eng ko’p tuman Istanbul hissasiga to’g’ri keladi.Istanbul 39 ta tumandan tashkil topgan.Eng oz tumanga esa Bayburt viloyati egalik qilyabdi.Bayburtda atiga 3 ta tuman mavjud.

Turkiyadagi barcha viloyatlar bilan tanishing.

  1. Adana
  2. Adiyaman
  3. Afyonkarahisar
  4. Ag’ri
  5. Aksaray
  6. Amasya
  7. Ankara (poytaxt)
  8. Antalya
  9. Ardahan
  10. Artvin
  11. Aydin
  12. Balikesir
  13. Bartin
  14. Batman
  15. Bayburt
  16. Bilecik
  17. Bingo’l
  18. Bitlis
  19. Bolu
  20. Burdur
  21. Bursa
  22. Chanakkale
  23. Chankiri
  24. Chorum
  25. Denizli
  26. Diyarbakir
  27. Duzce
  28. Edirne
  29. Elazig’
  30. Erzincan
  31. Erzurum
  32. Eskishehir
  33. Gaziantep
  34. Giresun
  35. Gumushhane
  36. Hakkari
  37. Hatay
  38. Ig’dir
  39. Isparta
  40. Ichel
  41. Istanbul
  42. Izmir
  43. Kahramanmarash
  44. Karabuk
  45. Karaman
  46. Kars
  47. Kastamonu
  48. Kayseri
  49. Kirikkale
  50. Kirklareli
  51. Kirshehir
  52. Kilis
  53. Kocaeli
  54. Konya
  55. Kutahya
  56. Malatya
  57. Manisa
  58. Mardin
  59. Mug’la
  60. Mush
  61. Nevshehir
  62. Nig’de
  63. Ordu
  64. Osmaniye
  65. Rize
  66. Sakarya
  67. Samsun
  68. Siirt
  69. Sinop
  70. Sivas
  71. Shanliurfa
  72. Shirnak
  73. Tekirdag’
  74. Tokat
  75. Trabzon
  76. Tunceli
  77. Ushak
  78. Van
  79. Yalova
  80. Yozgat
  81. Zonguldak

 Yer maydoni bo’yicha eng katta 10 ta viloyat bilan tanishing. (km/kv)

  1. Konya – 40.813 (km/kv)
  2. Sivas – 28.567 (km/kv)
  3. Ankara – 25.402 (km/kv)
  4. Erzurum – 25.330 (km/kv)
  5. Van -22.983 (km/kv)
  6. Antalya -20.790 (km/kv)
  7. Shanliurfa – 19.336 (km/kv)
  8. Kayseri -17.109 (km/kv)
  9. Mersin – 15.512 (km/kv)
  10. Diyarbakir – 15.204 (km/kv)

Eng kichik viloyat esa Yalova.Yer maydoni  850.46 (km/kv).

Aholi soni bo’yicha viloyatlar ketma-ketligi bilan tanishing.

  1. Istanbul – 14,804,116 kishi
  2. Ankara -5,346,518 kishi
  3. Izmir – 4,223,545 kishi
  4. Bursa – 2,901,396 kishi
  5. Antalya -2,328,555 kishi
  6. Adana -2,201,670 kishi
  7. Konya – 2,161,303 kishi
  8. Gaziantep – 1,974,244 kishi
  9. Shanliurfa – 1,940,627 kishi
  10. Kocaeli – 1,830,772 kishi

Aholisi eng oz viloyat esa Tunceli.Uning aholi soni  82,193 kishidan inoratdir.

Continue reading

Turkiya aholisi

Turkiyaning aholisi  2016-yil  31-dekabr kungi hisobga ko’ra  79 814 871 kishidir.Bu 2015-yilga qaraganda 1 073 818  kishiga ko’proq demakdir.

Aholining  50.2 %ni ya’ni  40 043 065  ni  erkaklar va qolgan  49.8%ini  ya’ni   39 771 221 ni ayollar tashkil qiladi.

Aholining yillik o’sish ko’rsatkichlari:

2015-yilda  13.4%

2016-yilda  13.5%

Ko’rsatkichlardan ko’rinib turibdiki Turkiya xalqining kattagina qismi shaharlarda yashashani ma’qul ko’rishgan.

Bu ko’rsatkichlar 2015-yilda   92.1% bo’lgan bo’lsa, 2016-yilga kelib bu ko’rsatgich 92.3% ga ortganini ko’rishimiz mumkin.Qishloqlarda esa aholining 7.7% iste’qomat qiladi.

Aholi eng ko’p yashaydigan shaharlar ro’yxatida Istanbul yetakchilik qilmoqda.Istanbulda aholining  18.5%  ya’ni  14 804 116 kishi iste’qomat qilmoqda.Keyingi  5  o’rinda quyidagi shaharlar joylashgan.

  1. Istanbul –  14 804 116
  2. Ankara – 5 346 518
  3. Izmir –  4 223 545
  4. Bursa –  2 901 396
  5. Antalya – 2 328 555

 Bu borada eng past ko’rsatgich Tunceli ga tegishlidir.      82 193 kishi.

Aholi zichligi km/kv ga  2016-yilda, 2015-yilga qaraganda 2 kishi ko’p ya’ni 104 kishidan to’g’ri kelyabdi.

Buni biz shaharlar misolida ko’radigan bo’lsak birinchi bo’lib yana Istanbul kelyabdi.

  1. Istanbul –  2849
  2. Kocaeli –  507
  3. Izmir –  352
  4. Gaziantep –  290

Eng past ko’rsatgich yana Tunceliga tegishli  har km/kv ga       11 kishidan to’g’ri kelyabdi.

Turkiyaning geografik tuzilishi.Yer maydoni

Turkiya Osiyo qit’asining janubiy-g’arbida, Yevropaning janubida joylashgan bo’lib, ikkala qit’ani bir-biriga bog’lab turgan oz sonli mamlakatlardan biri hisoblanadi.Bir vaqtning o’zida Osiyo va Yevropa o’rtasidagi ko’prik vazifasini ham bajarmoqda.

Turkiyaning umumiy yer maydoni  783 562 km/kv.

Turkiyaning Yevropaga tegishli        ( Trakya ) qismi umumiy yer maydonining 3 %  ni ya’ni  23 764  km/kv ni tashkil qilsa, qolgan  97 % ni, ya’ni 755 688 km/kv                  ( Anadolu ) qismi Osiyoga tegishlidir.

Turkiya tog’lar, tekisliklar, va orollardan iborat.

Orollarning yer maydoni  630 km/kv ni tashkil qilsa, ko’llarning umumiy yer maydoni  9 500  km/kv ni tashkil qiladi.

Turkiya yer maydonining kengligi   550 km gacha, uzunligi  1500 km gacha yetadi.

Turkiyaning eng sharqiy nuqtasi-Eron va Naxchivon (Ozarbayjon ) chegaralari kesishgan joyidir.

Eng g’arbiy nuqtasi-Go’kcheadadagi “Avlaka” burnudir.

Eng Shimoliy nuqtasi- Sinop vodiysidagi  Ince burun

Eng janubiy nuqtasi- Hataydagi “Beysun” qishlog’idir.

Turkiya yer maydonining kattaligi jihatidan Yevropada Rossiyadan keyingi ” ikkinchi “,

O’rtasharqda Saudiya Arabistoni, Eron, Misrdan keyingi  ” to’rtinchi ” o’rinda turadi.